Bosh vazir oʻrinbosari, qoʻmita raisi, rektor, federatsiya rahbari — Aziz Abduhakimovga 5-lavozim topshirildi
Bugun Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov rais etib saylandi.
Bungacha federatsiya raisi lavozimini Dmitriy Li egallab turgandi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisligi Aziz Abduqahhorovich Abduhakimovning umumiy olganda bir vaqtda zimmasiga yuklatilgan 5-lavozimdir. U bundan tashqari Bosh vaziri oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston badminton federatsiyasi raisi hamda Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” Xalqaro turizm universiteti rektori hamdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring