Bosh vazir maslahatchisi tayinlandi
Hukumatning 2019-yil 27-avgustdagi qarori bilan Komil Kayumovich Rashidov bosh vazir maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu lavozim Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi farmoni bilan kiritilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring