Bosh prokuratura Uchtepadagi portlash boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdi

13:11 15 Mart 2020 Jamiyat
1099 0

Avvalroq, Uchtepadagi avtoservisda yuz bergan portlash oqibatida halok boʻlganlar soni 3 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik. Mazkur hodisa yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Unga koʻra, kecha, 14-mart kuni Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Foziltepa koʻchasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat koʻrsatish majmuasida tabiiy gaz quvuridan sizib chiqayotgan gaz isiga uchqun tegishi natijasida portlash sodir boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan 14-mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura jamoasi portlash hodisasi oqibatida vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi: deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер