Bosh prokuratura tashabbusi bilan yangi bogʻ barpo etildi
Davlatimiz rahbari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi eʼlon qilinganidan soʻng mamlakatimizda loyiha doirasida daraxt va buta koʻchatlarini ekish ishlari kengayib bormoqda.
Ushbu jarayonga Bosh prokuratura ham oʻzining munosib hissasini qoʻshib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qator tadbirlarni oʻtkazib kelyapti.

Jumladan, bugun Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev rahbarligida Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, MIB hamda ularning Toshkent viloyati quyi tizimlari xodimlari ishtirokida Qibray tumanida keng qamrovli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bir necha gektarli tashlandiq holatda boʻlgan yer maydoni tekislanib, shudgor qilinib, mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, ushbu joyda bir necha ming mevali koʻchatlar ekildi.

Yangi barpo etilgan ushbu bogʻdan foydalanish va daromad olishlari uchun yer maydoni uyushmagan yoshlarga teng boʻlib berildi.

Prokuratura organlari tomonidan bunday tadbirlar boshqa hududlarda ham amalga oshirib kelinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring