Bosh prokuratura: “Oqqoʻrgʻondagi voqeada aybdor boʻlgan shaxslar, mansabi va darajasidan qatʼi nazar, tegishlicha javobgarlikka tortiladi”

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida sodir boʻlgan holatni tekshirmoqda. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar berdi.
“Qatʼiy aytishimiz mumkinki, bunday holatning yuzaga kelishida aybdor boʻlgan shaxslar, mansabi va darajasidan qatʼiy nazar, tegishlicha javobgarlikka tortilishi taʼminlanadi“, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Eslatib oʻtamiz, Oqqoʻrgʻon tumanida bir necha qishloq xoʻjaligi boʻyicha masʼul shaxslar jazo sifatida ariq ichida suvga tushirib qoʻyilgan holatidagi suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring