Bosh prokuratura 1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta “prava” rasmiylashtirilganini aniqladi

10:59 28 Yanvar 2026 Jamiyat
337 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonning 8 ta viloyatida 1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura bayonotida maʼlum qilindi.

Bildirilishicha, haydovchilik guvohnomalari soxtalashtirilganligi holati yuzasidan Davlat xizmatlari markazi xodimlari va boshqalarga nisbatan tegishli moddalar bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha Bosh prokuraturada tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishining keng hajmliligi va murakkabligidan kelib chiqib Bosh prokuraturada maxsus tergov-tezkor guruhi tuzilgan.

Hozirda soxta guvohnomalar va ularni rasmiylashtirishga asos boʻlgan barcha hujjatlar toʻliq tekshirilmoqda, tergov harakatlari rejalashtirilgan tartibda davom etmoqda.

Tergov jarayonida, 8 ta viloyatda (Toshkent shahri, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Andijon va Qashqadaryo) 1 200 nafardan ortiq fuqarolarga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilganligi aniqlangan.

BP bayonotida keltirilishicha, soxta guvohnomalarni olgan fuqarolarning 455 nafari 1 305-marta yoʻl harakati qoidalarini buzgan, 9 nafari yoʻl transport hodisasi sodir etgani oqibatda, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan va 3 nafari vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер