Borrell Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechishining taxminiy vaqtini aytdi
Foto: Reuters
Yevropa Ittifoqiga Rossiya gaziga qaramlikdan qutulish uchun ikki yil kerak boʻladi.
Ushbu fikrlarni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Jozep Borrel aytib oʻtdi.
“Ikki yil ichida Yevropa Rossiya gazidan voz kechadi”, degan Borrel “Sky News Arabia” telekanaliga bergan intervyusida.
Diplomatning qoʻshimcha qilishicha, bu vaqt mobaynida assotsiatsiya yoqilgʻi taʼminotini diversifikatsiya qilishni kutmoqda.
“Biz Yevropaning Rossiya energiya resurslariga qaramligini kamaytirishga intilamiz, ularni taqiqlamaymiz”, deydi Borrel.
Rossiya Yevropaga eng yirik tabiiy gaz yetkazib beruvchi boʻlib, Yevropa Ittifoqiga yetkazib beriladigan xom ashyoning umumiy hajmini qariyb 40 foizi ushbu mamlakat hissasiga toʻgʻri keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring