“Bornmut” futbolchisi faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi
“Bornmut” klubining ganalik yarim himoyachisi Antuan Semenyo faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Insayderning yozishicha, klublar kelishuvga erishgan va futbolchi payshanba kuni tibbiy koʻrikdan oʻtadi.
“Ushbu transferdan “Bornmut” jamoasi 65 million yevro ishlab oladi”, deb yozmoqda Romano.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Semenyoga APLdan yana 3 ta grand klub qiziqish bildirgan, biroq futbolchining oʻzi “Manchester Siti”ga oʻtishni tanlagan.
Maʼlumot uchun, Antuan Semenyo joriy mavsum APLda 19 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring