Boris Jonson YTHga uchradi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson avariyaga uchradi, deb xabar berdi “The Sun”.
Gap shundaki, siyosatchini olib ketayotgan “Jaguar”ning yoʻliga bir erkak kishi kutilmaganda yugurib chiqib kelgan. Oqibatda avtomobil keskin tormoz berishi sababli ortdan kelayotgan tansoqchilar mashinasi unga kelib urilgan. Hech kim jabrlanmagan.
Qoidabuzar piyoda esa miting ishtirokchilaridan biri ekanligi aniqlangan. U politsiya tomonidan qoʻlga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring