Boqiysan, iftixorimsan, ona tilim!
Foto: Xalq so‘zi
Qarshi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining 33 yilligi hamda 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi hamkorligida “Boqiysan, iftixorimsan, ona tilim!” mavzusida tanlov oʻtkazildi. Unda umumtaʼlim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari ishtirok etdi.

Tanlovda ishtirokchilar davlat tili qadri, uning maqomini yanada yuksaltirish boʻyicha tayyorlab kelgan videoroliklarini namoyish etishdi. Keyingi shartda ularning savodxonlik darajasi aniqlandi. “Soʻz latofati” shartida esa oʻzbek tili imkoniyatlari, soʻzlar kelib chiqish tarixini nechogʻlik bilishlari sinovdan oʻtkazildi.
Sharafli birinchi oʻrin Gʻuzor tumanidagi 42-maktab ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Laylo Chorshanbiyevaga nasib etgan boʻlsa, Koson tumanidagi 38-maktab targʻibotchisi Shahlo Jumayeva ikkinchi va Nishon tumanidagi 30-maktab targʻibotchisi Shahlo Jalolova uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gʻolib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring