Bolgariya turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan uchrashuv oʻtkazildi
Madaniyat va turizm vazirligida Bolgariya Respublikasi turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Azamov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Tomonlar Oʻzbekiston hamda Bolgariya oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, oʻzaro turistlar oqimini oshirish, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashish va ikki davlat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan muzokaralar olib borishdi.
Bolgariya tomoniga Oʻzbekiston turizmida amalga oshirilayotgan islohotlar, turistik investitsiya loyihalari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Uchrashuv yakuniga koʻra, Oʻzbekiston hamda Bolgariya Respublikalarida turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda Toshkent shahrida joriy yilning aprel oyida B&G, B2B formatida uchrashuvlar tashkillashtirish, yurtimizning turizm salohiyatini keng targʻib etishga qaratilgan maʼlumotlarni Bolgariya ommaviy axborot vositalarida namoyishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring