Bolalar uchun muzeylarga bepul kirish tartibini belgilash boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqildi

19:49 28 Avgust 2023 Jamiyat
852 0

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 78-moddasida belgilangan bolalar va yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirishga oid qoidalarni amalga oshirish maqsadida respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning madaniy meros inshootlariga, jumladan koʻrgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga toʻlovsiz kirish tartibi joriy etilmoqda.

Ushbu kiritilayotgan meʼyor mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, muzeylarda oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi, buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyatiga oid, muzey sara toʻplamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosimizni keng targʻib qilishga puxta zamin yaratadi.

Hujjatga koʻra, obyektlarga bepul kirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Unga koʻra respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha boʻlgan bolalar:

— har yilning 2–8-sentabr kunlari oʻtkaziladigan “Muzeylar haftaligi” doirasida;

— har oyning birinchi yakshanbasi “Ochiq eshiklar kuni” doirasida;

— haftaning har seshanba va juma kunlari madaniyat muassasalariga bepul kiritiladilar.

Bunda tashrif buyuruvchi 18 yoshgacha boʻlgan bolalar tegishli obyektlar kassasiga tugʻilgan sanalarini tasdiqlovchi pasport yoki ID kartalarini taqdim etishlari lozim boʻladi.

18-yoshgacha boʻlgan yosh sanʼat ixlosmandlari madaniyat oʻchoqlariga guruh boʻlib yoki yakka tartibda tashrif buyurishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер