Bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda kimlarning murojaati rad etiladi kimlardan esa rasmiy daromad talab etilmaydi?

14:25 26 Mart 2022 Jamiyat
1791 0

Foto: Халқ сўзи

AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boshqarma boshligʻi Zayniddin Aralov ushbu savollar yuzasidan maʼlumot berdi.

Taʼkidlanishicha, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa sanoati qoʻmitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlari xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila aʼzolari, shuningdek, pensionerlari tomonidan taqdim etilgan arizalar rad etiladi.

Talabalardan (kechki va sirtqi taʼlim oluvchilar mustasno), 3 yoshgacha bola parvarishida boʻlgan, farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan, nogiron farzandi yoki 80 yoshga toʻlgan keksalarni parvarishlayotgan, harbiy xizmatni oʻtayotganlardan rasmiy daromad talab etilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер