Boks bo‘yicha Jahon kubogida kuchlilar saralanmoqda
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Polshada o‘tkazilayotgan Jahon kubogida ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik. Ayni paytga kelib, musobaqa hal qiluvchi jarayonga keldi.
Bugun terma jamoamizning 5 nafar a’zosi ringga ko‘tariladi. Yurtdoshlarimizdan Javohir Ummataliyev va Akmal Isroilov yarim final jangini o‘tkazsa, yana 3 bokschimiz chorak final doirasida bahs olib boradi. Juftliklar bilan tanishing:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Kori Jons (Uels)
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Osanou Xansen (Germaniya)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Kau Belini (Braziliya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Uilyam Cholov (Bolgariya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Samet Ersoy (Turkiya).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring