Bogʻchadan magistraturagacha sogʻlom turmush tarzi oʻqitiladi
“Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
— maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Shaxsiy gigiyena va jismoniy tarbiya asoslari” mashgʻulotlari oʻtkaziladi;
—respublika umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv darslarini qayta koʻrib chiqqan holda 1-4-sinflar uchun “Tarbiya” va “Atrofimizdagi olam” fanlari, yuqori sinflar uchun “Biologiya” fani tarkibida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha “Salomatlik saboqlari” mavzulari kiritiladi;
—akademik litsey, professional va oliy taʼlim muassasalarining “Jismoniy tarbiya” fani doirasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi;
—tibbiyot texnikumlarida valeolog, diyetolog, nutritsiolog mutaxassisliklarini tayyorlash, nutritsiolog va diyetolog magistratura (internatura, klinik ordinatura) mutaxassisliklarini 1 yillik oʻquv dasturlari asosida tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
—tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat, klinik ordinatura, magistratura, tibbiyot kollejlari va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining barcha yoʻnalishlarida toʻgʻri ovqatlanish mavzulari alohida siklda oʻqitiladi;
—barcha mutaxassisliklar boʻyicha vrach va oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslari boʻyicha fan dasturlariga “Sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanish mezonlari” mavzulari kiritiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring