Bodomsimon bez (angina) qanday hollarda olib tashlanadi?

12:02 14 Dekabr 2023 Jamiyat
394 0

Qish faslida havo sovib, turli mavsumiy infeksion kasalliklar avj oladi. Ular orasida keng tarqalganlaridan biri bodomsimon bezlar yalligʻlanishidir.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu xastalik oʻz vaqtida davolanmasa, koʻpincha jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq konservativ davolash usullari doim ham ijobiy samara beradimi? Agar bunday boʻlmasa-chi?!

Ushbu savollarga oliy toifali shifokor Sanjar Mavlonov javob berdi.

— Bodomsimon bezlar yalligʻlanishi yuqumli kasallik boʻlib, uni ogʻiz boʻshligʻi yoki tashqi muhitdan tushgan turli mikroblar chaqirishi mumkin, — deydi shifokor. — Bular:

— viruslar;

— bakterial infeksiyalar.

— Kuchli tomoq ogʻrigʻi, qurishi, yuqori tana harorati xastalik belgilaridir.

Bodomsimon bezlar yalligʻlanishi asoratlari bilan xavfli hisoblanadi. Unga oʻz vaqtida eʼtibor bermaslik jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yaqin yillargacha anginadan faqat uni olib tashlash orqaligina qutilish mumkin, deb hisoblanardi. Biroq bugunga kelib konservativ davolash usullari orqali ham bu kasallikdan xalos boʻlish mumkin. Biroq xastalik surunkali tusga kirsa, yaʼni:

— kuchli yiringlash, ogʻriq, yuqori isitma kuzatilsa;

— har 3-6 haftada, yiliga 7-martadan koʻp qaytalansa;

— yiringli jarayonlar rivojlansa;

— bezlar kattalashib, nafas olish qiyinlashsa;

— konservativ davo samara bermasa;

— yurak, buyrak va boʻgʻimlarda asoratlar kuzatilsa, anginani jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash tavsiya etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер