Boburning “Maxfiy vasiyatnoma”si haqida bilasizmi?
Foto: O'zA
Bobur ijodi misli bir ummon. Bu ummon ichida qanday dur-u gavharlar borligi hech birimizga toʻliq maʼlum emas. Shoh va shoir ijodiga toʻxtalar ekanmiz, koʻpgina izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar, shu jumladan, boburshunos Xayrulla Ismatullayev qarashlariga alohida eʼtibor berishimiz lozim.
Oʻz hayotini betob farzandi Humoyunga berishga tayyor boʻlgan ota – yozma vasiyatnoma yozib qoldirgan. Bu “Maxfiy vasiyatnoma” deb atalib, 935 hijriy yil ( 1529-yil 11-yanvar) “Nilufar” bogʻida yozilgan.

“Maxfiy vasiyatnoma” oʻng tomondan doira ichida Boburning “933. Podshoh Bahodir gʻoziy Zahiriddin Muhammad Bobur” deb naqshlangan muhri ham berilgan. Bu vasiyatnoma Hindistonni boshqarishga oid boʻlgani uchun ham maxfiy sanalgan. Bu vasiyatnoma bilan hind professorlari Sayid Ross Maʼsud, H.Shervaniy hamda Jaypurdagi Rajaston universitetining professori tarixchi olim R.Nath tanish boʻlgan. Vasiyatnoma fors tilida yozilgan. Hindistonda sigir muqaddas boʻlganligi sababli “Hindistonning qalbini qoʻlga kiritaman desangiz, sigir soʻymoqdan oʻzingizni tiying, buning evaziga xalqning qalbi sizga yaqin boʻladi”, deya nasihat qilinadi vasiyatnomada.
Hozirgi kunda Boburning vasiyatnomasi Bhopal Davlat kutubxonasida saqlanadi. Uning fotonusxasini birinchi boʻlib kutubxona mudiri B. Goshal olib, janob Said Ross Maʼsudga yuborgan. Vasiyatnoma nastaʼliq xatida yozilgan.
47 yillik umrining 36 yilini jangu jadallarda oʻtkazgan Bobur hindlar orasida “Qalandar” nomini olgan. U toʻgʻrisoʻz, haqiqatgoʻy solnomachi, “Boburnoma” muallifidir.
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring