BMTning vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi belgilandi

11:41 20 Fevral 2026 Hujjatlar
876 0

Prezident Farmoni (PF–27-son, 17.02.2026-y.) bilan “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF–6012-son Farmonga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishca, Farmonning 3-ilovasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, BMTning vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi belgilandi.

Unga koʻra, BMTning shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan yuborilgan vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgandan soʻng 1 kun muddatda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va Adliya vazirligiga yuboriladi.

Markaz 1 kun muddatda masʼul davlat organlariga soʻrovnoma yuborib, ulardan vaqtinchalik choralarni amalga oshirish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish va zarurat tugʻilganda, asoslangan tushuntirish taqdim etishni soʻraydi. Davlat organlari 3 kun muddatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar yoki amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan tushuntirishni Markazga taqdim etadi.

Markaz ishchi guruh bilan birgalikda yigʻilgan maʼlumotlar asosida 3 kun muddatda Hukumatning rasmiy nuqtayi nazarini shakllantiradi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. Hukumatning rasmiy nuqtayi nazari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2 kun muddatda BMTning shartnomaviy qoʻmitalariga yuboriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер