BMTning sobiq bosh kotibi 100 yoshida vafot etdi

16:09 05 Mart 2020 Dunyo
1428 0

РИА Новости

BMTning sobiq bosh kotibi, perulik diplomat Xavyer Peres de Kuelyar kecha 100 yoshida hayotdan koʻz yumdi deb xabar berdi RIA Novosti Andina nashri maʼlumotlariga asoslanib.

Dafn etish marosimi shanba kuni Lima shahridagi Presbítero Maestro qabristonida boʻlib oʻtadi. Marhum soʻnggi manzilga kuzatib qoʻyiladi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh de Kuelyar vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolariga taʼziya yoʻllagan.

Maʼlumot uchun, perulik siyosatchi 1920-yil 19-yanvarda tugʻilgan. Lima shahridagi Katolik universitetida yuridik taʼlim olgan. 1940-yildan diplomatik faoliyatini boshlagan.

Jumladan, 1982-1991-yillarda BMT bosh kotibi lavozimida ishlagan. U ushbu lavozimda Folklend(Maldiv) orollari tufayli Angliya va Argentina oʻrtasida kelib chiqqan qarama-qarshiliklar, Gayana va Venesueladai chegara muammosi, Namibiyadagi vaziyat, Eron-Iroq munosabatlarini tartibga solish, Marokosh va Gʻarbiy Sahroi kabirdagi Polisario Fronti kuchlari oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitim imzolanishiga hissa qoʻshgan.

1995-yilda Peres de Kuelyar Peru prezidentligiga nomzodini ilgari surgan, ammo 22 foiz ovoz olib, magʻlubiyatga uchragan edi.

U oʻz faoliyatida qariyb 25 ta davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер