BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Sardoba tumaniga 30 ming dollarlik gumanitar yordam yubordi
BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Sardoba tumani hokimiyatiga Sirdaryo viloyatidagi toʻgʻonning buzilishi bilan yuzaga kelgan muammolarni yumshatish uchun insonparvarlik yordamini yubordi.
Gumanitar yordam ֿ30 ming dollarlik shaxsiy gigiyena vositalari, uy-roʻzgʻor buyumlari, antiseptiklar, bir marta ishlatiladigan niqoblar va qoʻlqoplar hamda boshqa zarur buyumlardan iborat.
“Sardoba aholisiga zarur yordam koʻrsatadigan ushbu insonparvarlik yordamini topshirish men uchun katta quvonch. Ofat natijasida aholi yoʻqotgan buyumlariga qoʻshimcha ravishda, biz ularni COVID-19 tarqalishini toʻxtatish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ham taʼminladik. Ayni paytda uylaridan mahrum boʻlgan oʻn minglab odamlar, hech kimni chetda qoldirmaydigan uzoq muddatli, xavfsiz va munosib yechimga muhtojlar”, – deydi BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzer.
Eslatib oʻtamiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi BMT kotibiyatining bir qismi boʻlib, favqulodda vaziyatlarda harakatlarni taʼminlash uchun gumanitar tashkilotlarni birlashtirish uchun javobgardir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring