BMTning Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Oʻzbekistonga kelmoqda
Foto: Arxiv surat
Joriy yilning 13-15-mart kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Folker Tyurk Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan kelmoqda.
Folker tashrif davomida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv oʻtkazish rejalashtirmoqda.
Shuningdek, BMT vakili Qoraqalpogʻiston Respublikasiga ham boradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring