BMT rezolyutsiyasi Orolboʻyi mintaqasi tarixida yangi sahifa ochadi
Orol fojiasi zamonamizning eng yirik ekologik muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Bugungi kunda ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni birlashtirish Oʻzbekiston tashqi siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi bilan chiqib, jahon hamjamiyati eʼtiborini yana bir bor Orol fojiasiga qaratdi.
Kuni kecha boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining navbatdagi yalpi majlisida ushbu rezolyutsiya loyihasi maʼqullandi.
Ushbu hujjat Oʻzbekistonning xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda mintaqada ekologik inqiroz oqibatlariga barham berish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, aholi turmush sharoitini oshirish yoʻlidagi harakatlarining mantiqiy davomi boʻldi. Rezolyutsiya qabul qilinishi Orolboʻyi mintaqasi tarixida yangi sahifa ochadi va Orol dengizi inqirozi oqibatlari yumshatilishi, Orolboʻyi hududini rivojlantirishga qaratilgan harakatlarni birlashtirishga xizmat qiladi.
Sodiq Safoyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Raisining birinchi oʻrinbosari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring