BMT Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarining Markaziy Osiyo boʻyicha vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2023-yil 17-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining (QBOKB) Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Xans Shodder bilan uchrashdi.
Muloqotda Oʻzbekiston va BMT QBOKB oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Afgʻoniston xalqiga, xususan, Termiz shahridagi Xalqaro koʻp funksiyali transport-logistika kabi orqali insonparvarlik yordami koʻrsatish sohasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga oʻzaro tayyorlik bildirildi.
QBOKB vakili insonparvarlik yuklarini nafaqat Afgʻonistonga, balki dunyoning boshqa mamlakatlariga yetkazib berish uchun yaratilgan sharoitlar va koʻrsatilayotgan doimiy yordam uchun Oʻzbekistonga minnatdorlik bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring