"BMT mojarolarning oldini olishga erisha olmayapti"
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi xuddi shunday bayonot bilan chiqdi.
"Nima uchun turli forumlarda tinchlik va barqarorlik haqida gapirishimiz kerakligini tahlil qilish lozim. Nega tinchlikni saqlash uchun yaratilgan BMT bugungi kunda mojarolarning oldini olishga qodir emas?", — deya ta’kidladi Modi yakshanba kungi nutqida.
Shuningdek, u XX asrda yaratilgan xalqaro institutlar XXI asr haqiqatiga to‘g‘ri kelmaydi, degan fikrni bildirdi. "Shuning uchun ham BMT kabi yirik institutlarda islohotlar o‘tkazish zarur", dedi Hindiston bosh vaziri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring