BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish Oʻzbekistonga tabrik yoʻlladi
Arxiv surat
BMTning rasmiy saytida eʼlon qilingan bayonotda aytilishicha, BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish mamlakatimiz tomonidan 50 mingga yaqin shaxslarga Oʻzbekiston fuqaroligi berilishiga oid qonunning imzolanganini qoʻllab-quvvatlagan va bu bilan Oʻzbekistonni tabriklagan!
“Ilgari fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga fuqarolikni berish orqali Oʻzbekiston har doim ham eʼtirof etilmaydigan va zaif qatlam sifatida qaraladigan aholining sharoitini yaxshilash yoʻlida katta qadam tashladi”, — deyiladi bayonotda.

BMT Bosh kotibi mazkur qonunni butun dunyoda 2024-yilga borib fuqarosizlikka toʻliq barham berish boʻyicha qilinayotgan saʼy-harakatlarga Oʻzbekiston tomonidan qoʻshilgan katta hissa sifatida baholadi.
“Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha oʻn yillik harakatlarga oʻtish arafasida turgan bir paytimizda, ushbu voqea Oʻzbekiston hech kimdan ortda qolmasligining qatʼiy isboti boʻldi, deyishimiz mumkin”, — deya yakunlangan BMT saytida eʼlon qilingan bayonot deb yozmoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring