Bizning futbolda juda koʻp korrupsiya bor — Sadio Mane
Senegal terma jamoasi sardori Sadio Mane terma jamoasidan chempionlik tortib olingani haqida keskin fikrlar bildirdi. Bu haqda Championat.com nashri xabar berdi.
“Yuz bergan voqea haddan tashqari chuqurlashib ketdi. Bu biz kurashayotgan futbol emas va biz ishonadigan Afrika ham emas.
Bizning futbolda juda koʻp korrupsiya bor va bu butun qitʼa boʻylab millionlab muxlislarning ishtiyoqini oʻldirmoqda. Oʻyinchilar maydonda bor kuchini sarflaydi, lekin maydondan tashqaridagi qarorlar oʻyin natijasini hal qiladi va sovrinlar taqdirini belgilaydi.
Men nafaqat Senegal uchun, balki butun afrikalik futbol uchun ham chuqur hafsalam pir boʻldi. Biz yaxshiroq narsaga loyiqmiz. Muxlislar adolat, oshkoralik va hurmatga loyiq”, — deb fikr bildirgan Sadio Mane.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring