Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar bilan ishlashda qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga chora qoʻllanildi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Biznes-ombudsman axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova maʼlum qildi.
2023-yil yanvar-iyun oylarida Biznes-ombudsmanga jami 4 414 ta murojaat kelib tushgan. Xususan:
— soliq – 18%,
— yer, kadastr, arxitektura – 14%,
— bank, moliya va kredit – 13%,
— infratuzilma – 8%,
— sud va boshqa organ hujjatlarini ijro etishi – 7%ni tashkil etdi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra tadbirkorlar manfaatida sudlarga jami 24 mlrd. soʻmlik 74 ta daʼvo arizasi kiritilgan boʻlib, buning natijasida tadbirkorlar foydasiga 12,9 mlrd. soʻm undirilishi belgilangan.
Oʻtgan davr mobaynida Biznes-ombudsman devoni tomonidan shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlikka oid 1 474 ta bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring