Biznes-ombudsman korxona rahbariga kredit masalasida yordam berdi

21:00 21 Dekabr 2022 Jamiyat
517 0

Foto: Illustrativ foto

Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat koʻrsatuvchi “Ilyos” xususiy korxonasi rahbari kredit mablagʻlarini qaytarishda muammolar yuzaga kelganligini maʼlum qilib, Biznes-ombudsmandan amaliy yordam koʻrsatishni soʻragan.

Aniqlanishicha, korxona rahbari supermarket qurib, aholini sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash va xizmat koʻrsatish maqsadida «Mikrokreditbank» Xoʻjayli tumani filialidan 1 mlrd 500 mln soʻm kredit olgan.

Ammo bankdan olingan kredit mablagʻlari evaziga supermarket qurilishi uchun zarur boʻlgan tovarlar Rossiya Federatsiyasidan oʻz vaqtida yetib kelmagan.

Supermarket faoliyatini ishga tushirish rejalashtirilgan muddat kechikkanligi sababli, oʻz navbatida bank tomonidan ajratilgan kreditni toʻlash muddati ham kechiktirilgan. Bu holat tadbirkorning faoliyatida qiyinchiliklar tugʻdirgan.

Biznes-ombudsman tomonidan amaliy yordam koʻrsatilishi natijasida bank va xususiy korxona oʻrtasida qoʻshimcha kelishuv shartnomasi imzolandi. Unga koʻra 1 mlrd 500 mln soʻm kredit mablagʻlarini toʻlash muddati uzaytirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер