“Biznes hamroh” loyihasi amalga oshiriladi
“Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks koʻrsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–375-son, 13.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:
- 1000 dan ortiq davlat va xususiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish orqali tadbirkorlar faoliyatiga toʻlaqonli hamrohlik qilish tizimini joriy etish;
- tadbirkorlar masalalari va muammolarini eshitish, muhokama qilish va joyida hal qilishga moʻljallangan sifat jihatdan yangi maydoncha yaratish.
Shuningdek, mazkur qarorga koʻra, 2026-yil 1-martdan tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari va ayrim xususiy xizmatlarni tadbirkorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatish boʻyicha “Biznes hamroh” loyihasi amalga oshiriladi.
“Biznes hamroh” loyihasi doirasida:
- Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladigan “Biznes hamroh” markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
- dastlabki bosqichda “Biznes hamroh” markazlari Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida 1 tadan tashkil etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring