Biz poytaxt aholisining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bunday xayrli ishlarimizni jadal davom ettiramiz — Prezident
Foto: president.uz
Yigʻilishda poytaxt jamoat transporti sohasida olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi.
“Mana, bugun yangi metro stansiyalarini borib koʻrdik. Yangi liniyada jami 7 ta stansiyalar ishga tushganidan keyin, metroda kunlik yoʻlovchilar soni 1 millionga chiqadi”, — dedi davlatimiz rahbari.
Shaharda tirbandlikni qisqartirish, odamlarning uzogʻini yaqin qilishga qaratilgan bu ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi. Jumladan:
— 1-aprelga qadar qoʻshimcha 1 mingta avtobus olib kelinadi;
— 25 ta koʻchada avtobuslar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi;
— yil yakunigacha 233 ta chorrahadagi svetoforlarni yoʻlovchi oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy qilinadi;
— 20 ta oqim yuqori koʻchalarda xususiy sheriklik asosida jami 10 ming oʻrinli parkomatlar tashkil qilinadi;
— Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi shaharga olib kiruvchi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil qilinib, tayyor biznes sifatida auksionga chiqariladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring