“Biz COVID-19ni birgalikda yengamiz!” shiori ostida rasmlar tanlovini eʼlon qilindi
Koronavirus infeksiyasi boʻyicha aholining xabardorligini oshirish, kasallik tarqalishining oldini olishda karantin qoidalariga rioya qilish ahamiyatini yoshlarga tushuntirish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Boshlangʻich taʼlim”, “Gulxan”, “Gʻuncha” jurnallari va “Tong yulduzi” gazetasi bilan hamkorlikda umumtaʼlim muassasalarining 1-5-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Biz COVID-19ni birgalikda yengamiz!” shiori ostida rasmlar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov sinflar kesimida guruhlarga boʻlgan holda oʻtkaziladi.
Har bir guruhdan 5 nafardan, jami 25 nafar gʻolib aniqlanadi.
Tanlov gʻoliblari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish shartlari quyidagicha: https://tdi.uz/news/278/
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring