Biz bunyodkor xalqimiz bilan birga bunday ezgu ishlarni davom ettiramiz va oldimizga qoʻygan katta-katta marralarga albatta erishamiz — Prezident

11:56 20 Dekabr 2022 Siyosat
740 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda Oʻzbekiston jahon siyosati markazlaridan biriga aylanayotgani, xalqaro hamjamiyat buni keng eʼtirof etayotganini taʼkidladi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari hamda oʻnlab yuqori darajadagi xalqaro anjumanlarga mezbonlik qilindi va muhim tashabbuslar ilgari surildi.

“Mana shunday katta yutuqlarga erishishda fidokorona mehnati bilan hissa qoʻshgan har bir yurtdoshimizga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman”, - dedi davlatimiz rahbari.

Ushbu yutuqlar, inson qadri ulugʻ boʻlgan diyor – Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi dastlabki natijalar ekani taʼkidlandi.

“Biz bunyodkor xalqimiz bilan birga bunday ezgu ishlarni davom ettiramiz va oldimizga qoʻygan katta-katta marralarga albatta erishamiz”, dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер