Biz barpo etayotgan Yangi Oʻzbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati, hamma narsadan ustundir! — Shavkat Mirziyoyev

11:17 20 Iyun 2022 Siyosat
748 0

Prezidentimiz uchrashuvda Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari eʼtiborini quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga qaratdi:

“Birinchi yoʻnalish – inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasi.

Amalga oshirilayotgan barcha islohotlarimiz markazida inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan ezgu gʻoya mujassam.

Darhaqiqat, inson munosib sharoitda taʼlim-tarbiya olib, farovon hayot kechirgan taqdirdagina, jamiyat va davlat uygʻunlikda barqaror rivojlanadi.

Shuning uchun ham, bugungi kunda jahon miqyosida inson huquq va erkinliklariga, ushbu tushunchalar bilan bogʻliq reyting va standartlarga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda.

Inson – davlat va jamiyat uchun maqsadga erishish vositasi emas, aksincha, ana shu maqsadning bosh mazmuni va manbai hamda eng oliy qadriyat boʻlishi lozim. 

Biz barpo etayotgan Yangi Oʻzbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati, hamma narsadan ustundir!

Shu bois, inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi boʻlmogʻi shart".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер