Birja savdolari orqali 19-dekabr kuni 4000 tonna AI-80 markali avtobenzin sotuvga qoʻyildi — “Oʻzbekneftgaz”

14:35 19 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
637 0

Foto: Arxiv surat

2022-yil 18-dekabr kuni 4,4 ming tonna AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarildi, shu jumladan 3,3 ming tonna Buxoro va 1,1 ming tonna Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida.

Isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berish nazoratga olingan.

Joriy oy davomida neft bazalarga jami 56544 tonna, jumladan 18-dekabr kuni 3682 tonna AI-80 rusumli avtobenzin yuklab berildi.

2022-yil 18-dekabr kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali isteʼmolchilarga jami 2415 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi. Jumladan, Toshkent shahri va viloyatiga 1581 tonna, Andijonga 286 tonna, Buxoroga 136 tonna, Qashqadaryoga 33 tonna, Namanganga 314 tonna, Surxondaryoga 21 tonna, Fargʻonaga 44 tonna.

Neftni qayta ishlash zavodlarida 88,6 ming tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilgan boʻlib, jumladan Buxoro zavodida 65,6 ming tonna va Fargʻona zavodida 23 ming tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер