Birja savdolari orqali 14-dekabr kuni 4 750 tonna AI-80 avtobenzin sotuvga qoʻyildi — “Oʻzbekneftgaz”
Foto: Arxiv surat
2022-yil 13-dekabr kuni 3,0 ming tonna avtobenzin, shu jumladan 2,8 ming tonna AI-80 markali avtobenzin ishlab chiqarildi.
Isteʼmolchilar talablari oʻrganilib, ehtiyojni qondirish maqsadida aynan 13-dekabr kuni 37 425 tonna AI-80 avtobenzin birja savdolariga qoʻyildi va toʻliq sotildi. Bunda, har bir tonna mahsulot uchun yagona narx 6 295 ming soʻmdan shakllandi (4 721 soʻm / litr).
Bugun, 14-dekabr kuni esa birja savdolari orqali 4 750 tonna AI-80 avtobenzin sotilishi rejalashtirildi.
Isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berilishi taʼminlanmoqda.
2022-yil 13-dekabr kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali isteʼmolchilarga jami 4 212 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi. 2022-yil 14-dekabr holatiga tasarrufdagi neft bazalar, neftni qayta ishlash zavodlari va “UNG Petro” MCHJda 22,8 ming tonna avtobenzin qoldiqlari mavjud.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi topshirigʻiga asosan, AYOQSHlarda avtotransport vositalariga navbat bilan mahsulot qoʻyish, ularga belgilangan tartibda xizmat koʻrsatish, mahsulotlarni nostandart idishlarga qoʻymaslik, taʼminotda uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik, xaridorlar bilan muloqotda odob va axloq qoidalariga amal qilish qatʼiy nazorat qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring