Birovning uyini oʻmarib ketgan shaxs ushlandi
2023 yilning 11 may kuni soat taxminan 20:00 larda nomaʼlum shaxs, Buxoro shahar H.Sheroziy koʻchasida yashovchi, 1972-yilda tugʻilgan A.N. ismli fuqaroning (ayol) xonadoniga, kirish darvozasi qulfini kalit tanlash yoʻli bilan ochib kirib, yashash uyi mehmonxonasidagi sandiq ichida boʻlgan 400 AQSH dollari va 1 mln. soʻm miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Otbozor mahallasida yashovchi, 1977-yilda tugʻilgan N.U. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring