Buxoroda biokimyo fanining zamonaviy tibbiyotdagi oʻrniga bagʻishlangan konferensiya tashkil etildi

18:44 16 Aprel 2022 Jamiyat
778 0

Joriy yilning 15-16-aprel kunlari Buxoro davlat tibbiyot institutida “Biokimyo fanining zamonaviy tibbiyotdagi oʻrni: kecha, bugun va ertaga” mavzusida respublika ilmiy amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan olimlar, doktorantlar, tadqiqotchilar va professor oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

BuxDTI prorektori Z.Bahronova tadbir ishtirokchilarni tabriklab, hozirgi sharoitda zamonaviy tibbiyotda biokimyo fanining oʻrni beqiyosligi, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Ilmiy konferensiyada Oʻzbekiston fanlar akademiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand tibbiyot universiteti, TTA Urganch filiali olimlari oʻz maʼruzalari bilan chiqish qildilar.

Ilmiy-amaliy konferensiya barchada iliq taassurotlar qoldirdi. Ayniqsa masofada turib kompyuter simulyatsiyasi yordamida tashxis qoʻyish va davolash haqidagi maʼruza taqdimoti hayajonli lahzalarga boy kechdi. Shuningdek, “virtual bemor” modeli tajribasini qoʻllash amaliyoti ham qizgʻin muhokamalarga boy boʻldi.

Asosiy konferensiya shubalarga boʻlingan holda yoʻnalishlar kesimida davom etdi. Konferensiya soʻnggida viloyatlararo hamda xalqaro toifadagi professor-oʻqituvchilar bilan kichik davrada aloqalarni yoʻlga qoʻyish, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilindi.

Muhokama chogʻida Buxoro davlat tibbiyot instituti va hamkor OTMlar mutaxassislari oʻzlarining ilmiy pozitsiyalari va ilmiy tadqiqotlarini zamonaviy tibbiyotni rivojlantirishda foydalanish boʻyicha amaliy tavsiyalarini taqdim etdi. Konferensiyaning yakuniy qismida rezolyutsiyaning asosiy qoidalari tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер