Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir

16:16 16 Yanvar 2019 Madaniyat
3752 0

Yaqinda iqtisod fanlari doktori, professor, Nyu-York fanlar akademiyasi akademigi M.Rahmatov, biologiya fanlari doktori, professor, Nyu-York fanlar akademiyasi akademigi B.Zaripov muallifligida Konfutsiy hikmatlariga bagʻishlangan “Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir” nomli risola chop etildi.

Keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan mazkur risolada xitoylik mashhur faylasuf Konfutsiyning oʻchmas hikmatlari, ularning bugungi kunda tutgan oʻrni haqida muxtasar fikr yuritiladi. Ushbu oltin qanotli soʻzlar shiddat bilan rivojlanayotgan, beqiyos tabiiy-intellektual boyliklar, inson kapitali va mehnat resurslariga boy goʻzal Vatanimizda yashayotgan har bir inson uchun ham ahamiyatli deb oʻylaymiz. Zero, Chin oʻlkasining tarixiy rivojlanishi, innovatsion taraqqiyot yoʻliga chiqib olishida Konfutsiy oʻgitlari nihoyatda muhim qoʻllanma boʻlgan. Sababi Ustoz hikmatlari koʻp milliardli xalqni bir maqsad — Vatan ravnaqi, el farovonligi yoʻlida birlashtira olgan.

Shu bois risolaning har bir xonadonda, taʼlim muassasalarida, tashkilot va idoralarda boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Zero, hikmatlar dunyosi bizni ezgulikka, vatanparvarlikka undaydi.

U Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan keng muhokama qilinib, “Xalq soʻzi“ gazetasi hamkorligida tayyorlandi.

Albatta, kitobda ayrim xato va kamchiliklar boʻlishi mumkin. Mualliflar hurmatli oʻquvchilarning istaklari va takliflarini mamnuniyat bilan qabul qilib, keyingi nashrlarda ularni albatta inobatga oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер