Bilimli ayol — kelajak tarbiyachisi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan “Bilimli ayol — yorqin kelajak tarbiyachisi!” shiori ostida “Zakovat” intellektual shou-musobaqasi tashkil etildi.
Unda yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining tajribali va ilm-fan fidoyisi bo‘lgan ayol professor-o‘qituvchilari qatnashdi.
Bellashuv ishtirokchilarga nafaqat o‘zlarining fundamental va amaliy bilimlarini namoyon etish, balki jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar ishtirokini yanada kengaytirish, ularning ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasini tahliliy yondashuv asosida muhokama qilish imkonini berdi.
Har bir ishtirokchi o‘zining puxta tayyorgarligi, mustaqil fikrlashi va zamonaviy qarashlari bilan ajralib turdi. Ayol ziyolilarning intellektual yondashuvlari, ularning strategik fikrlash qobiliyati musobaqa jarayonida yorqin namoyon bo‘ldi.
Yakunda g‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring