“Bilayn”ning 91 nafar xodimi karantinga joylashtirilgan

22:44 11 May 2020 Jamiyat
1676 0

Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida 2020-yil 11-may soat 20:00 holatiga koʻra axborot berildi.

Qayd etilishicha, Yuqori Chirchiq karantin poligonida 6384 nafar, “Umid Gulshani” oromgohida 44 nafar, jami 6428 nafar fuqaro statsionar karantinga olingan.

Zangiota tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida 65 nafar, Quyi Chirchiq tumani tugʻruq kompleksida 33 nafar, Parkent TTBda 202 nafar, Yangiyoʻl TTBda 150 nafar, Zangiota TTBda 225 nafar, Quyi Chirchiq TTBda 441 nafar, jami 1116 nafar fuqaro karantinga olingan.

Viloyatda jami 7544 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinga olingan. Uy sharoitida 6520 nafar fuqaro karantinga olingan boʻlib, bundan xonadonlar soni 1203 ta, oilalar soni esa 1297 tani tashkil etadi.

Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatda turgan fuqarodan 207 nafarida koronavirus kasalligi tasdiqlangan boʻlib, 128 nafar fuqaro sogʻayib tibbiy reabilitatsiya markazlariga va yashash manzillariga yuborildi.

Safarbar etilgan tibbiyot xodimlari soni viloyat boʻyicha: 203 nafar terapevt, 122 nafar reanimatolog, 82 nafar infeksionist, 132 nafar epidemiolog, jami 539 nafar shifokor, 4246 ta oʻrta va kichik tibbiy xodimlarini tashkil etadi.

Amalga oshirilgan ishlar:

Yuqori Chirchiq karantin poligonida COVID-19 aniqlangan 4 nafar fuqaro davolash muassasalariga oʻtkazildi.

Gʻisht koʻprik chegara postidan oʻtgan 218 nafar fuqarodan 214 nafari Yuqori Chirchiq karantin poligoniga, 3 nafari Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi.

Tez tibbiy yordam avtomashinalarida 34 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.

91 nafar “Bilayn” kompaniyasi ishchilari Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.

Parkent tumanidan uy karantinida boʻlgan 45 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.

Seul – Toshkent Charter reysidan 127 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.

Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 1 nafar bemorda COVID-19 aniqlanganligi sababli Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga oʻtkazildi.

Piskent tumanidan 10 nafar hamshira, 5 nafar kichik tibbiy xodimlar Yuqori Chirchiq karantin poligoniga safarbar qilindi.

Yangiyoʻl shahar dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan 220 nafar fuqarodan COVID-19ga analiz olindi.

Quyi Chirchiq TTBdan 1 nafar fuqaro Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborildi.

Yuqori Chirchiq hamda Oʻrta Chirchiq tumanidan nevropatolog, travmatolog, kardiolog, ginekolog, gastroenterolog Yuqori Chirchiq karantin poligoniga fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер