Beshariqning go‘zal va betakror yovvoyi tabiati
Foto: “Xalq so‘zi”
Farg‘ona viloyati o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi Beshariq tumanida joylashgan “Sariqqamish” ov maskani 1 ming 80 gektar maydonni egallaydi.

Purviqor tog‘lar bag‘ridagi, Sirdaryo etagida joylashgan ushbu maskanda AQSH, Xitoy, Yevropa mamlakatlaridan uchib keladigan yovvoyi qushlarni uchratish mumkin. Shuningdek, tulki, chiyabo‘ri, bo‘rsiq, jayra, kaklik, qirg‘ovul, oq qush, kaptar singari tabiat dunyosining tobora kamyob bo‘lib borayotgan vakillari bu yerni manguga makon tutgan.

-Bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun ko‘l bo‘ylab qayiqda, ot va tuyada sayr qilish, baliq ovlash, shifobaxsh qumga tushish, yovvoyi parrandalarni ovlash, dengiz taomlaridan isteʼmol qilish imkoniyatlari ham yaratilgan,-deydi “Sariqqamish” ov maskani xodimi Odiljon Qo‘ldoshev.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring