Beshariqda mudhish YTH! Qurbonlar bor
Fargʻona viloyatida yoʻl-transport hodisasi natijasida bir kishi vafot etdi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 3-aprel kuni E.M. boshqaruvida boʻlgan “VAZ-2102” rusumli avtomashinani Farovon koʻchasida boshqarib ketayotib, velosipedchi M.B.ni urib yuborishi oqibatida B.M. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring