Besabab majlis qoldiradigan deputatlarning «taqdiri»ga aniqlik kiritildi

11:42 13 Iyun 2024 Siyosat
532 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasiga koʻra, deputatning tegishli palata, siyosiy partiya fraksiyasi, oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya faoliyatida bir kalendar yil davomida oʻttiz yoki undan ortiq ish kuni uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda vakolatlari muddatidan oldin tugatiladi.

Shuningdek, chet davlatning doimiy yashash guvohnomasini yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni olgan taqdirda ham ushbu qoida amal qiladi. Bu qoidalar Senatda doimiy asosda ishlaydigan senatorlarga ham tegishli ekanligi maʼlum qilingan.

Kiritilishi kutilayotgan oʻzgarishlarga koʻra, deputatlar ogohlantirish olganidan keyin ham haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat (ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shugʻullangan taqdirda ularning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishi ham mumkin.

Qonun loyihasida deputatning, senatorning odob-axloq qoidalari buzilganligi uchun ularga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan taʼsir choralari ham yanada aniqlashtirilgan.

Qonun loyihasi yalpi majlisda koʻrib chiqilib qabul qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер