“Benzin narxi bot” telegram boti joriy etilmoqda
Soʻnggi kunlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan koʻrilayotgan tezkor va muhim choralar natijasida avtomobil benzini narxi pasayishi kuzatilmoqda. Taʼkidlash joizki, bu borada ishlar davom ettirilmoqda.
Yana bir yangilik. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “Benzin narxi bot” telegram bot joriy etilmoqda.
Bu isteʼmolchilarning xabardorligini oshirish, jumladan, avtotransport haydovchilariga AYOQSHlardagi benzin chakana narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishda qulaylik yaratadi.
Shu bilan birga, mazkur bot benzinning chakana narxlarni nazorat qilish (monitoring oʻrnatish) va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish imkonini beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring