“Benfika” va “Real Madrid” hikoyasi davom etadi
Bugun, 30-yanvar kuni Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining pley-off bosqichiga qurʼa tashlandi.
Qurʼa natijasiga koʻra, guruh bosqichida “Real Madrid”ni kuchli sakkiztalikka kirishiga yoʻl qoʻymagan Portugaliyaning “Benfika” jamoasi pley-off bosqichida “qirollik klubi”ga raqib boʻladigan boʻldi.
Quyida qolgan 7 ta juftlik bilan tanishishingiz mumkin:
- “Monako” – PSJ
- “Qorabogʻ” – “Nyukasl”
- “Bode-Glimt” – “Inter”
- “Galatasaroy” – “Yuventus”
- “Borussiya Dortmund” – “Atalanta”
- “Bryugge” – “Atletiko Madrid”
- “Olimpiakos” – “Bayer”

Maʼlumot uchun, pley-off oʻyinlari 2026-yilning 17–18 va 24–25-fevral kunlari boʻlib oʻtadi. 1/8 final bahslari esa 10–11-mart va 17–18-mart kunlariga belgilangan. Final 30-may kuni Budapeshtdagi “Pushkash Arena” stadionida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring