Belarus tashqi ishlar vaziri vafot etdi. Oʻlim sababi nomaʼlum
Foto: БелТА
Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey vafot etdi. Bu haqda mahalliy BelTA axborot agentligi xabar bermoqda.
«Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey toʻsatdan vafot etdi», — deya xabar tarqatdi axborot agentligi mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glazga tayanib. Diplomat 64 yoshda boʻlgan.
Vladimir Makey 1958-yilda tugʻilgan. Ochiq manbalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, u Minsk davlat chet tillar pedagogika institutini tamomlagan, shuningdek, Avstriya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasida tahsil olgan.
Siyosatchi 2012-yildan beri Belarus tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Undan oldin toʻrt yil davomida mamlakat prezidenti maʼmuriyatiga rahbarlik qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring