Bekzod Jamilov Jahon chempionatida shohsupaga koʻtarildi
Dubayda davom etayotgan para pauerlifting boʻyicha Jahon chempionatidan xushxabar!
Hozirgina erkaklar oʻrtasida -72 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bekzod Jamilov 120 kg natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Eʼtiborlisi, sportchimiz Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotganiga qaramay, tajribali raqiblariga qarshi murosasiz bahs olib bordi va sovrinli oʻrinni egalladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring