Bekobod shahrida 4 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi
Ochilish marosimida mutasaddi rahbarlar, mahallalardan faollar va nuroniy otaxonlar ishtirok etishdi.
Hozirda ushbu oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ayollar daftarida turgan ishsiz xotin-qizlar ham ish bilan taʼminlangan.
Albatta, taʼlim tashkilotlari oʻziga xos koʻrinishga ega. Shuningdek, bolalarni kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini uygʻotuvchi ertak kitoblar, didaktik adabiyotlar va koʻrgazmali materiallarga alohida urgʻu berilgan.
Maʼlumot uchun aytib oʻtish joizki, ular tashkil etilgan mahallalarda shu paytgacha maktabgacha taʼlim tashkiloti yoʻq edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring