Behzod Musayev AQSH elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi

19:00 28 Fevral 2023 Siyosat
686 0

Unda Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan islohotlarni amalga oshirish, jumladan, mehnat huquqlarini himoya qilish hamda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.

AQSH elchisi paxta sanoatida majburiy va bolalar mehnatiga barham berish borasida erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi.

Bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar oʻzbek paxtasining 2022-yilda AQSH Mehnat vazirligi tomonidan “Majburiy va bolalar mehnati bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar roʻyxati”dan chiqarilishiga xizmat qildi.

Ijobiy tajribani hisobga olgan holda, tomonlar iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, masalan, ipakchilik va xizmat koʻrsatish sohalarida ham monitoring oʻtkazish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, oʻzaro hamkorlik koʻlamini kengaytirishning qoʻshimcha jihatlari sifatida kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, qabul qiluvchi davlat normalariga muvofiq tartibga solinadigan mavsumiy mehnat migratsiyasini tashkil etish masalalari belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер