Bavariya soʻnggi daqiqalarda gʻalabani ilib ketdi
Kecha, 28-fevral kuni Germaniya Bundesligasining 24-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasidagi markaziy oʻyinda Borussiya Dortmund jamoasi oʻz maydonida Bavariyani qabul qildi.
Uchrashuv 2:3 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Hisob 26-daqiqada mezbonlar futbolchisi Niko Shlotterbek tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida tugadi.
Ikkinchi boʻlimning 54 va 70-daqiqalarida Xarri Keyn ikkita gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada Daniel Svensson muvozanatni tikladi.
87-daqiqada Yoshua Kimmix Bavariyaga gʻalaba keltirgan golni kiritdi.
Yakuniy hisob — 2:3. Bavariya gʻalaba qozondi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring